Mening ismim Diyorbek, ko‘pchilik esa meni shunchaki Diyor deb chaqiradi. Men Bo‘stonliq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 2026-yil bitiruvchisiman. Hozirda Chirchiq davlat pedagogika universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul qilinganman.
Asosiy maqsadim — xorijiy til o‘qituvchisi bo‘lish yo‘lida o‘z bilim va tajribamni rivojlantirish. O‘quv dasturidan tashqari, jamiyatning foydali a’zosi bo‘lish ham muhim ekaniga ishonaman va har kuni shu yo‘nalishda harakat qilaman.
Sport, volontyorlik va tadbirlarni tashkil etishga chuqur qiziqaman. Shuningdek, til va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligiga ham alohida qiziqishim bor.
So‘nggi ikki yil davomida grafik dizayn, dasturlash, sun’iy intellekt va LLM yo‘nalishlarida boshlang‘ich hamda asosiy ko‘nikmalarni egalladim. O‘rgangan bilimlarim va zamonaviy yondashuvlarim orqali odamlar uchun yanada foydali, qulay va motivatsion muhit yaratishga harakat qilaman.